Bir necha avtobus yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritiladi

16-fevraldan boshlab bir nechta avtobus yo‘nalishlarida o‘zgarishlar joriy etiladi. Mazkur qaror o‘zaro bir-birining harakat yo‘lini takrorlovchi yo‘nalishlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yo‘nalishlardagi mavjud oraliq interval vaqtlarini qisqartirish maqsadida qabul qilindi.
6-sonli avtobus yo‘nalishi
6-sonli avtobusning Yunusobod 17-dahasidan Yunusobod 6-dahasiga qarab harakatlanishidagi bir tomonlama yo‘nalishi o‘zgartiriladi. Endilikda avtobus Yangi shahar va Rixsiliy ko‘chalari orqali harakatlanadi hamda Amir Temur ko‘chasiga chiqmaydi.
Mazkur qaror yo‘nalishlar faoliyatini muvofiqlashtirish va oraliq interval vaqtlarini qisqartirish maqsadida qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, hozirda Rixsiliy ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasidagi Yunusobod dehqon bozori bekatigacha bo‘lgan oraliqda 7, 24, 25, 50, 71, 93, 96 va 124-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatlanmoqda.

137-sonli avtobus yo‘nalishi
Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 137-sonli avtobus yo‘nalishi Qo‘shqo‘rg‘on mahallasidan Yangi Qo‘yliq ko‘chasi bekatigacha qisqartiriladi.
Endilikda yo‘nalish “Yangi Qo‘yliq ko‘chasi — Yangi Toshkent” oralig‘ida harakatlanadi.

45-sonli avtobus yo‘nalishi
45-sonli avtobus yo‘nalishi Food City savdo markazidan Qo‘yliq dehqon bozori bekatigacha qisqartiriladi. Endi yo‘nalish “Qushbegi mavzesi — Qo‘yliq dehqon bozori” oralig‘ida xizmat ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda Qo‘yliq dehqon bozori bekatidan Food City savdo markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda 39, 93, 117, 128, 130 va 183-sonli avtobuslar harakatlanmoqda. Ushbu yo‘nalishlarda jami 64 ta katta va o‘ta katta sig‘imli avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Yo‘lovchilar muqobil yo‘nalishlar xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Yo‘lovchilardan kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olishlari so‘raladi.