Anons

Xorijlik dizaynerlar bilan davra suhbati

E’lon qilingan sana· 192
Xorijlik dizaynerlar bilan davra suhbati

Respublika bolalar kutubxonasida xorijlik taniqli dizaynerlar ishtirokida “Dizaynerlar muloqotda” nomli maxsus uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining davom etayotgan jamoatchilik dasturi doirasidagi uchrashuv mavzusi “Jonli ashyolar: hunarmandchilik, madaniyat va qayta tiklanish” hisoblanadi.

Unda taniqli dizaynerlar Betan Laura Vud (London), Marsin Rusak (Varshava), Fernando Laposs (Mexiko) va Bobir Klichev (Toshkent) ishtirok etadi.

Ishtirok etish bepul. Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−231−1791.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling