Toshkentda masjidlar yaqinidagi koʻchalar har kuni ma'lum vaqtga yopiladi

E’lon qilingan sana· 72
Toshkentda masjidlar yaqinidagi koʻchalar har kuni ma'lum vaqtga yopiladi

Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan 18-fevraldan boshlab har kuni masjidlar yaqinidagi koʻchalarda harakatga qisman cheklov joriy etiladi. Qator koʻchalar har kuni soat 18:00 dan 00:00 ga qadar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.

Cheklovlar amal qiladigan koʻchalar roʻyxati quyida keltiriladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • Tepa masjidi — Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Bektemir tumani:

  • Alibek masjidi — M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yashnobod tumani:

  • Islomota masjidi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi;
  • Ali ibn Abu Tolib masjidi — Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Mirobod tumani:

  • Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi — Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
  • Qo‘yliq ota masjidi — TXAY — Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Sergeli tumani:

  • Ma’ruf ota masjidi — Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
  • No‘g‘ay qo‘rg‘on masjidi — Yangi Sergeli-S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan — S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yakkasaroy tumani:

  • Usmon bin Ma’zum masjidi — KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;
  • Yakkasaroy masjidi — Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘ubo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;
  • Rakat masjidi — J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yangihayot tumani:

  • Niyozmat ota masjidi — TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.

Shayxontohur tumani:

  • Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi — Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza — Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;
  • Kamolon masjidi — Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Olmazor tumani:

  • Hazrati imom masjidi — Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy — A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Islomobod masjidi — KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Do‘stjonboy (Sulola) masjidi — Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yunusobod tumani:

  • Mirza Yusuf masjidi — Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

  • Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi — Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi;
  • Xazrati Ali masjidi — Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.

Chilonzor tumani:

  • Novza masjidi — Bunyodkor-Muqumiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi.
  • Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galliota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
  • Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi — Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.

Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling