Toshkentda 6 ta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgartirilmoqda
E’lon qilingan sana: · 73

Toshketndagi Bektemir yoʻli va Katta halqa yoʻli kesishmasida yoʻl inshootining qurilishi munosabati bilan burilish tartibi vaqtincha oʻzgartirildi. Natijada bir nechta avtobus yoʻnalishlari oʻzgartirish kiritilmoqda.
Burilish qismining koʻchirilishini hisobga olgan holda:
- 93, 117, 128 va 130-sonli avtobuslar Katta halqa yoʻli va Furqat koʻchasi kesishmasida buriladi;
- 39 va 110-yoʻnalishlar vaqtincha Katta halqa yoʻli, Furqat koʻchasi va Bektemir yoʻli koʻchasi orqali bir tomonlama qatnovda ishlaydi.

Qurilish ishlari tufayli avtobuslar jadvali uzaytirilishi mumkin. Agar tirbandlik yoki yoʻl cheklovlari kuchayib ketsa, yoʻnalishni yanada oʻzgartirish mumkin.