Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutilmoqda?
E’lon qilingan sana: · 212

Toshkent shahridagi 21−22-fevral, dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti.
Shanba kuni ertalab bulutli boʻlishi, tushdan keyin quyosh chiqishi va kunduzi eng yuqori harorat +13°C boʻlishi kutilmoqda. Kechasi qisman bulutli boʻlishi va harorat +4°C boʻlishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni tushdan keyin qisman bulutli boʻlishi, tuman tushishi va koʻrinish masofasi qisqarishi mumkin, harorat +16°C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Dushanba kuni kechqurun osmon qisman bulutli boʻladi, harorat +6°C boʻladi.