Islom sivilizatsiyasi markazi omma uchun Ramazon hayiti arafasida ochiladi

Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ramazon hayiti arafasida rasman ochilishi ma’lum qilindi. Bu haqda bugun boʻlib oʻtgan prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi doirasida aytib oʻtilgan.
Qayd etilishicha, Islom sivilizatsiyasi markazining omma uchun toʻliq ochilishi 19−20−21-mart kunlarida boʻlishini ta’kidlangan.
“Har bir yosh, har bir oʻzbekistonlik borib albatta koʻrsa, buyuk ajdodlarimiz merosi, millatimiz kimligi haqida tasavvuri uygʻonib, gʻururlanib qaytadi. Albatta, bu yerga yoshlar borishi kerak”, — dedi davlat rahbari.
Avvalroq, Afisha.uz muxbirlari Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma'rifiy meros — umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongressda qatnashib, Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyidan katta fotoreportaj tayyorlashgan edi.