Anons

"Yashil uyim" ekologik festivali

E’lon qilingan sana· 177
"Yashil uyim" ekologik festivali

“Millat” teatrida ekofaol O‘rikguli tashabbusi bilan “Yashil uyim” nomli eko-festival bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturidan sovrinli o‘yinlar, soha mutaxassislari ishtirokidagi seminar va treninglar, bolalar uchun plastik hamda qog‘ozni qayta ishlash bo‘yicha mahorat darslari, eko-mahsulotlar yarmarkasi va musiqiy kecha o‘rin olgan.

Dastur:

  • 13:00 — ochilish marosimi va sovrinli oʻyinlar;
  • 14:00 — mahorat darslari;
  • 15:00 — “Barqaror IT infratuzilmasi:
    chiqindi suvdan sovutishgacha” fizik Ibrohimov Boburshoh ma’ruzasi;
  • 16:00 — “Batareya: jim xavf” Feruzbek Sayfullayev ma’ruzasi;
  • 17:00 — musiqa, netvorking va tamaddi.

Chipta narxi: 30 000 soʻm. Ularni ushbu havola orqali yoki tashrif chogʻida xarid qilishingiz mumkin.

Manzil.

28-fevral
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling