Toshkentdagi Temuriylar tarixi muzeyi vaqtincha yopildi
E’lon qilingan sana: · 81

Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi 2026-yil 25-fevraldan boshlab tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni vaqtincha toʻxtatadi.
Muzeyning yopilishi bino rekonstruksiyasi, uskunalarni yangilash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiya yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq.
Ta’kidlanishicha, modernizatsiya muzey infratuzilmasini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, ekspozitsiyalarni kengaytirish hamda tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay va interaktiv muhit yaratishga qaratilgan.
Muzeyning qayta ochilish sanasi keyinroq muzeyning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.