Toshkentdan viloyatga yangi avtobus yoʻnalishi ishga tushirildi

E’lon qilingan sana· 158
Toshkentdan viloyatga yangi avtobus yoʻnalishi ishga tushirildi

3-mart kuni Toshkentda Xo‘jaqoʻrgʻon mahallasidan Yunusobod 12-dahasigacha bo‘lgan 10-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi.

Yo‘nalish Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasidan Yenbekshi, Buvra ota, Y.Ohunboboyev, Charogʻon, Oliygoh, THAY, Chinobod, Yangi shahar, A.Donish koʻchasi orqali “Yunusobod, 12-dahasi” bekatiga qadar harakatlanadi.

Yangi yoʻnalish har kuni soat 5:30 dan 21:55 gacha ishlaydi. Yoʻnalishda oʻnta katta sigʻimli Mercedes-Benz avtobuslari qatnaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling