Oʻzbekistondan qator Yaqin Sharq davlatlariga parvozlar vaqtincha toʻxtatildi

E’lon qilingan sana· 106
Oʻzbekistondan qator Yaqin Sharq davlatlariga parvozlar vaqtincha toʻxtatildi

Yaqin Sharqda yuzaga kelgan notinch vaziyat tufayli aviakompaniyalar Oʻzbekiston aeroportlaridan Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Eron, Quvayt va Isroilga reyslarni vaqtincha toʻxtatmoqda.

Reyslar qachondan tiklanishi ma’lum emas. 2-mart kuni Notice to Airmen (NOTAM) xabarida Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar fuqarolarini Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoniga tashish 18-martgacha taqiqlangani aytilgan.

Hozirda 2026-yil 28-fevralgacha joʻnab ketgan yoʻlovchilarni Oʻzbekistonga qaytarish uchun alohida reyslar amalga oshirilmoqda.

Ushbu reyslar haqida qoʻshimcha ma’lumot olish uchun yoʻlovchilarga aviakompaniya ofislariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish yoki ularning rasmiy veb-saytlarida koʻrsatilgan ishonch telefonlariga qoʻngʻiroq qilish tavsiya etiladi.

Ehtimoliy tushunmovchiliklar va moliyaviy xavflarning oldini olish uchun faqat rasmiy manbalardan foydalanish va tasdiqlanmagan vositachilar bilan bogʻlanmaslik ham muhim.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling