Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga ko‘ra 2026-yilning dunyodagi eng go‘zal muzeylari ro‘yxatiga kiritildi

Prix Versailles xalqaro arxitektura mukofotining saralash qo‘mitasi Islom sivilizatsiyasi markazini dunyoning eng go‘zal muzeylari bo‘yicha 2026-yilgi ro‘yxatiga kiritdi. Bu innovatsionlik, kreativlik, milliy merosning aks ettirilishi va ekologik samaradorlik kabi mezonlar asosida shakllantiriladigan global reytingdir.
Ta’kidlanishicha, Islom sivilizatsiyasi markazining ushbu roʻyxatga kiritilishi uning konsepsiyasi, ramziy teranligi va Yevroosiyo gumanitar makonini rivojlantirishga qoʻshgan hissasining xalqaro miqyosda tan olinishini anglatadi.
Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi 2026-yilgi uch jahonning yuqori mukofotlaridan biriga — “Grand Prix Versailles”, “Interyer” yoki “Eksteryer” nominatsiyasiga da’vogarlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Mukofotlari sohiblarini tantanali e’lon qilish marosimi 2026-yil oxiriga rejalashtirilgan.
Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi 2026-yil 19−20−21 mart kunlari rejalashtirilgan.