Kelayotgan haftada ob-havo keskin pasayishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 9−12 mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
7-mart kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +6…+8 daraja iliq, kunduzi +16…+18 darajagacha koʻtariladi.
8-mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat +6…+8 daraja iliq, kunduzi +17…+18 darajagacha isiydi.
Dushanba kun esa ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi
+8…+10 daraja iliq, kunduzi +1.4.+16 daraja iliq bo‘ladi.
10−12 mart kunlari havo harorati pasayadi. Respublikaning shimoliy hududlarida kechasi −7…−10 darajagacha sovuq bo‘lishi, kunduzi esa 0…-3 darajagacha pasayishi mumkin. Qolgan hududlarda 11−12 mart kunlari kechasi 0…-3 daraja, kunduzi esa +2…+5 daraja bo‘lishi kutilmoqda.