“Begona bahor”: bugun tunda harorat -7° gacha tushadi

10−13-mart kunlari Toshkent shahrida kunduzi iliq, ammo tunda sovuq havo kuzatiladi.
Seshanba kuni (bugun) kunduzi yomgʻir va qor yogʻishi kutilmoqda (yogʻingarchilik ehtimoli 100%, qor qoplashi 2 sm dan kam) va harorat 4 °C gacha koʻtariladi, xolos. Kechasi osmon ochiq va eng past harorat -7°C boʻlishi kutilmoqda.
11-mart kuni kunduzi havo biroz bulutli boʻladi, harorat +3°C gacha koʻtariladi. Kechasi ob-havo biroz bulutli boʻladi, harorat -5°C gacha tushadi.
Payshanba kuni kunduzi qisman bulutli boʻladi, eng yuqori harorat 7 °C boʻlishi mumkin. Kechasi esa qisman bulutli boʻlib, eng past harorat -2°C gacha tushishi prognoz qilinmoqda.
13-mart kuni kunduzi havo qisman bulutli boʻlishi, harorat 11 °C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Shanba kuni kechqurun ham qisman bulutli boʻlib, harorat 0 °C gacha tushadi.