Temur Malik koʻchasidan harakatlanuvchi avtobuslar harakati vaqtinchalik oʻzgardi

12-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasida 2024-yilda qurilgan tunnelning tirgak devori o‘pirilib tushdi. Tоshkent shahar transport bosh boshqarmasi ushbu joyda baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilayotgani tufayli bir nechta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgartirilgani haqida xabar berdi.
Temur Malik koʻchasi orqali harakatlanuvchi avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtincha quyidagicha oʻzgartirishlar kiritiladi:
- 49-sonli avtobus yoʻnalishining TTZ ASHB tomon harakati T.Malik, Shoʻrtepa-2, Shoʻrtepa, T.Malik koʻchalari orqali tashkil etiladi;
- 128-sonli avtobus yoʻnalishining harakati ikki tomonlama T.Malik, Doʻrmon yoʻli, Mirzo Ulugʻbek, T.Malik koʻchalari orqali tashkil etiladi;
- 149-sonli avtobus yoʻnalishining harakati ikki tomonlama Mingbuloq, Sh.Burxonov, Mirzo Ulugʻbek, T.Malik koʻchalari orqali tashkil etiladi.

Boshqarmaning qoʻshimcha qilishicha, koʻchalarda transport tirbandliklari ortishi va yoʻllardagi cheklovlar natijasida yoʻnalishlar harakatiga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. “Ushbu oʻzgartirishlar sababli, yoʻnalishlardagi avtobuslar oraliq interval vaqti rejadagidan ortishi holatlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud”, deyiladi xabarda.