Toshkentda "aqlli bekatlar" paydo boʻladi

E’lon qilingan sana· 85
Toshkentda "aqlli bekatlar" paydo boʻladi

Tez orada poytaxtda “Aqlli bekatlar” o‘rnatish boshlanadi, deya xabar bermoqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi.

Markazga ko‘ra, bunday bekatlarda xavfsizlik va qulaylik birinchi o‘rinda bo‘ladi. Bunda har bir bekat markazlashgan kuzatuv tizimiga ulangan 2 ta videokamera bilan jihozlanadi, favqulodda holatlar uchun “SOS” tugmasi o‘rnatiladi hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus kutish joyi tashkil etiladi.

Shuningdek, bekatlarda avtobuslar harakat jadvalini ko‘rsatuvchi elektron monitorlar, tezkor xaridlar uchun vending qurilmalari ham o‘rnatiladi.

YHTEM “aqlli bekatlar” qayerlarda o‘rnatilishiga oid batafsil ma’lumotlarni yaqin orada e’lon qilinishini bildirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling