O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi vaqtlari e‘lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 552

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2026-yil Ramazon hayiti (Iydul fitr) 20-mart, juma kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.
Masjidlarda Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari quyidagicha belgilandi:
- Andijon viloyati 06:40;
- Farg‘ona viloyati 06:40;
- Namangan viloyati 06:40;
- Toshkent shahar 06:50;
- Toshkent viloyati 06:50;
- Sirdaryo viloyati 06:55;
- Jizzax viloyati 07:00;
- Samarqand viloyati 07:00;
- Navoiy viloyati 07:05;
- Buxoro viloyati 07:05;
- Qashqadaryo viloyati 07:05;
- Surxondaryo viloyati 07:05;
- Xorazm viloyati 07:25;
- Qoraqalpog‘iston Res. 07:30.
Avvalroq Ramazon hayiti kuni jamoat transporti erta tongdan ishlay boshlashi haqida xabar berilgandi.