Maktablarda bahorgi ta’til boshlanish sanasi belgilandi

E’lon qilingan sana· 41
Maktablarda bahorgi ta’til boshlanish sanasi belgilandi

Ramazon hayiti munosabati bilan maktab o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til muddati o‘zgartirildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ta’til 2026-yil 20-martdan boshlanib, 28-martga qadar davom etadi. O‘quv yilining to‘rtinchi choragi esa 30-mart, dushanba kunidan boshlanadi.

Shuningdek, 20-mart (juma) va 28-mart (shanba) kunlariga rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari bekor qilinmaydi — ular to‘rtinchi chorak davomida o‘quv dasturiga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi.

Mazkur qaror o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash bilan birga, Ramazon hayiti bayrami kunlarida o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling