hambi Prestige Travel bilan hamkorlikda “Sovrinlar mavsumi” yutuqli o‘yinini o‘tkazmoqda

hambi superapp foydalanuvchilari 27-martgacha Xitoy, Misr va Vyetnamga ikki kishilik sayohatlar, shuningdek, Uzbekistan Airways aviachiptalari o‘yinida ishtirok etishi mumkin. Yutish imkoniyati ilovadagi kundalik harakatlarga qarab baholanadi.
27-martgacha hambi ilovasida ikki kishilik sayohatlar hamda 4 ta Uzbekistan Airways aviachiptalari o‘yini o‘tkazilmoqda.
Ishtirok etish uchun oddiy shartlar
Aksiya ilovadan kundalik foydalanish jarayonlariga integratsiyalashgan. Unda qatnashish uchun hambi superapp’da odatiy amallarni bajarishning o‘zi kifoya:
- servislarni ulash;
- o‘yinlarni ishga tushirish;
- xizmatlar uchun to‘lov qilish va o‘tkazmalarni amalga oshirish;
- ilova ichidagi boshqa vazifalarni bajarish.
Har bir amal uchun o‘yin imkoniyatlari taqdim etiladi. Foydalanuvchi qanchalik faol bo‘lsa, yutish ehtimoli ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Aksiyada barcha mobil operatorlar foydalanuvchilari ishtirok eta oladi.
Sovrin jamg‘armasi
Aksiya doirasida sayohatlar va aviachiptalar o‘ynaladi:
- 1-o‘rin. Xaynan (Xitoy) — ikki kishilik sayohat. Parvoz, 5 yulduzli mehmonxonada turish, transfer va sug‘urta;
- 2-o‘rin. Sharm-el-Sheyx (Misr) — ikki kishilik sayohat. Parvoz, 5 yulduzli mehmonxonada turish, transfer va sug‘urta;
- 3-o‘rin. Nyachang (Vyetnam) — Marriott mehmonxonasida halol taomlar bilan 8 kechalik turar joy. Aviachiptalar sovrin jamg‘armasiga kirmaydi;
- 4−7 o‘rinlar. Sanya (Xitoy) — Uzbekistan Airways reysida borib-kelish aviachiptalari.
Qanday ishtirok etish mumkin?
Aksiyaga qo‘shilish uchun:
- hambi superapp’ni eng so‘nggi versiyaga yangilash lozim.
- “Sovrinlar mavsumi” bo‘limiga o‘tish kerak.
- Vazifalarni bajarib, imkoniyatlarni to‘plash mumkin.
Aksiya shartlari bilan saytda batafsil tanishish mumkin.
Ilovani havola orqali yuklab olish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.