Statistika: Oʻzbekistonga 2 oyda qariyb 1,77 million sayyoh keldi

E’lon qilingan sana· 258
Statistika: Oʻzbekistonga 2 oyda qariyb 1,77 million sayyoh keldi

2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga qariyb 1,77 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu haqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025-yilning mos davriga nisbatan tashrif buyuruvchilar soni 441 ming kishiga yoki 33 foizga oshgan.

Sayyohlarning asosiy oqimini an’anaviy tarzda qo‘shni mamlakatlar ta’minlagan. Tashriflar soni bo‘yicha Qirg‘iziston 1-oʻrinda — 521 mingdan ortiq kishi. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston (469 ming) va Qozog‘iston (386 ming) egallagan.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha o‘ntalikka, Rossiya (123 ming), Afg‘oniston (83 ming), Turkmaniston (51 ming), Xitoy (49 ming), Turkiya (24 ming), Hindiston (9 ming) va Janubiy Koreya (5 ming) kirgan.

Avvalroq Oʻzbekistonga 2025-yil davomida 10 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling