Toshkentda 135-sonli avtobus yoʻnalishi oʻzgaradi

E’lon qilingan sana· 300
Toshkentda 135-sonli avtobus yoʻnalishi oʻzgaradi
Foto: Afisha.uz / Yevgeniy Sorochin

Poytaxtda 1-apreldan boshlab 135-sonli avtobus yo‘nalishi oʻzgaradi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yo‘nalishning ikkinchi tarafi Nazarbek bekatidan “Alimbuva” mahallasiga qadar uzaytiriladi. Shuningdek, ilgari Janubiy vokzalgacha qatnagan ushbu yo‘nalish endilikda “Chilonzor” metro bekatiga qadar qisqartiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu oʻzgarishlar yoʻlovchilarning talabiga binoan amalga oshirilgan.

“Toshshahartransxizmat” yo‘nalish qisqartirilishi munosabati bilan “Chilonzor” metro bekatidan “To‘qimachilik kombinati” hamda Janubiy vokzal tomonga yetib olishni istagan yo‘lovchilar 69, 114- avtobuslardan foydalanishni tavsiya qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling