Toshkentda Qurolli Kuchlar boʻlinmalarining harbiy paradi boʻlib oʻtadi

Buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan 4-aprel kuni Toshkentda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy boʻlinmalarining tantanali piyoda yurish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Harbiy boʻlinmalarning tantanali piyoda yurishlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan (Mo‘ljal: “Pushkin” metro bekati) soat 08:00 da boshlanib, soat 12:30 ga qadar davom etadi.
Harbiy bo‘linmalar dastlab boshlanish nuqtasidan “Parkent” va “Mustaqillik” ko‘chalari bo‘ylab Amir Temur jangovar bayrogʻini ko‘targan holda bugungi kundagi jangovar va kundalik harbiy liboslar bilan birga Amir Temur davriga oid qurol-aslaha va kiyim boshda harakatlanib, Amir Temur xiyobonidagi toʻxtash nuqtasida teatr sahnalari, faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi. Shundan so‘ng bo‘linmalar “Mustaqillik” va “Temiryo‘l” ko‘chalari bo‘ylab manzilga qaytadilar.
Shuningdek, 4-aprel kuni yuqorida keltirilgan ko‘chalarda soat 08:00 dan 12:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
