Chery Tiggo 8 gibrid texnologiyasi qay tarzda quvvat va yonilg‘ini tejaydi?

Tiggo 8 Hybrid zamonaviy CSH gibrid texnologiyasi orqali haydovchilarga yonilg‘i tejamkorligi, uzoq masofani bosib o‘tish va turli sharoitlarda barqaror ishlashi mumkin boʻlgan samarali yechimni taklif qilmoqda.
Gibrid avtomobillar bozori jadal o‘sib bormoqda va 2026-yilga kelib yillik o‘sish 4,5 foizni tashkil etib, 440 milliard dollarga baholanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Tiggo 8 Hybrid’da CSH (Chery Super Hybrid) texnologiyasi o‘rta o‘lchamli SUV egalariga yonilg‘ini tejash va yo‘l bosish zaxira masofasi cheklovlarini yengishga yordam beradi. Krossover 4-avlodi 44,5% issiqlik samaradorligi va batareya quvvati tugaganda ham 5,19 litr / 100 km yonilg‘i sarfi bilan ajralib turadi. Umumiy kombinatsiyalangan yo‘l bosish zaxira masofasi 1200 kilometrga yetadi, bu esa shaharda va uzoq masofalarga sayohat qilishni tejamkor va qulaylashtiradi.
Ilg‘or gibridli texnologiya
CSH 20 yildan ortiq vaqt davomida rivojlanib kelmoqda: Pekin Olimpiadasi paytida foydalanilgan birinchi BSG (Belt Starter Generator) va ISG (Integrated Starter Generator) gibrid tizimlaridan tortib, dunyodagi birinchi 3 pog‘onali gibridli DHT (Dedicated Hybrid Transmission) transmissiyasi va Miller chuqur sikl texnologiyasiga ega 5-avlod H4J15 gibridli dvigateligacha.
Tiggo 8 Hybrid’da issiqlik samaradorligi 44,5% bo‘lgan 1,5 litrli gibridli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, bu sohadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 4−5% ga yuqori. WLTC (Worldwide Harmonized Light Vehicles Test Cycle) sinovlarida yonilg‘i sarfi quvvati tugagan batareyada 5,19 l/100 km va kombinatsiyalangan davrda 1,3 l/100 kilometrni tashkil qiladi.

Energiyani intellektual tarzda boshqarish
Tiggo 8 Hybrid turli xil ssenariylarga moslashtirilgan:
- shahar bo‘ylab safarlar: ko‘pchilik foydalanuvchilarning kundalik ehtiyojlarini qondiruvchi 90 kmgacha masofani faqatgina elektr yordamida tortish kuchi imkoniyati;
- seriyali rejim: shahar bo‘ylab harakatlanishda yonilg‘i sarfini 42% ga kamaytiradi;
- uzoq safarlar: yuqori tezlikda bevosita yuritmani maqbul holatga keltirish va tormozlashni rekuperatsiya qilish quvvat sarfini kamaytirishga yordam beradi;
- ekstremal sharoitlar: batareyani boshqarishning keng diapazonli tizimi barqaror quvvat uzatishni ta’minlaydi.
Qulay quvvatlash
Tiggo 8 Hybrid’ni 3 xil turda quvvatlash mumkin:
- maishiy tarmoqdan sekin AC-quvvatlash;
- quvvatlash stansiyasi yordamida 6,6 kVt quvvatga ega sekin quvvatlash;
- 40 kVt quvvatga ega tezkor ravishda DC-quvvatlash.
30% dan 80% gacha tezkor quvvatlash 19 daqiqa vaqt oladi, 30 daqiqadan kamroq vaqt ichida esa 45 km gacha yo‘l bosish zaxira masofasini beradi. Bunday qulaylik quvvatlash stansiyalari haqida ortiqcha tashvishlanmasdan sayohatlarni rejalashtirish imkonini beradi.
Tiggo 8 Hybrid 4-avlodi 5+2 o‘rindiqli SUV uchun yuqori samarali dvigatel, intellektual energiya boshqaruvi va qulay quvvatlanishni birlashtirgan holda “zero anxiety” (“nol xavotir”) ekotizimini yaratadi. Bu krossoverni zamonaviy oilalar uchun qulay, tejamkor va ekologik jihatdan samarali tanlovga aylantiradi.
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan avtomobillarning xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz veb-saytida tanishish mumkin.
Telefon: (+998) 71−276−55−55.
Sayt: cheryauto.uz
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
YouTube: @cheryuzbekistan
Reklama huquqlari asosida.