Oʻzbekistonda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushadi?

E’lon qilingan sana: · 140
Oʻzbekistonda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushadi?

Milliy statistika qoʻmitasi hududlarda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushishi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.

2026-yilning mart oyi holatiga koʻra, hududlar kesimida hisoblangan qiymatlar quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston R. — 99 973 so‘m
  • Andijon viloyati — 108 169 so‘m
  • Buxoro viloyati — 110 836 so‘m
  • Jizzax viloyati — 111 556 so‘m
  • Qashqadaryo viloyati — 113 936 so‘m
  • Navoiy viloyati — 112 911 so‘m
  • Namangan viloyati — 110 958 so‘m
  • Samarqand viloyati — 115 821 so‘m
  • Surxondaryo viloyati — 113 661 so‘m
  • Sirdaryo viloyati — 106 589 so‘m
  • Toshkent viloyati — 115 026 so‘m
  • Farg‘ona viloyati — 117 627 so‘m
  • Xorazm viloyati — 109 457 so‘m
  • Toshkent shahri — 119 989 so‘m

Ushbu hisob-kitoblar bir kilogramm osh tayyorlash uchun kerak boʻladigan mahsulotlar narxi hisoblangan. Bunda quyidagilar hisobga olingan:

  • kungaboqar yog‘i — 0,3 l
  • piyoz — 300 gr
  • mol go‘shti — 700 gr
  • sabzi — 1 kg
  • guruch — 1 kg
  • no‘xat — 100 gr
  • zira — 10 gr
  • osh tuzi — 20 gr

Qo‘mita yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmasligi, ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanishini qo‘shimcha qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling