Tashkent City Park'dagi musiqiy favvora repertuariga yangi kompozitsiyalar qoʻshildi
E’lon qilingan sana: · 125

Shulardan biri Jenisbek Piyazovning yangi “Yonimda boʻlgin” qo‘shig‘idir.
Jenisbek Piyazov Tashkent City Park’idagi musiqiy favvora uchun o‘zining yangi “Yonimda bo‘lgin” kompozitsiyasiga moslashtirilgan yangi ssenariyni e’lon qildi.
“Afisha” tahririyati bog‘ ma’muriyati bilan bog‘lanib, ayni paytda “Musiqali favvora” 54 ta musiqiy ssenariyga ega ekanligiga aniqlik kiritdi.
Yangi kompozitsiyalar orasida:
- Jenisbek Piyazov — “Yonimda bo‘lgin”;
- The Weeknd — “Blinding Lights”;
- Bruno Mars, Lady Gaga — “Die with a Smile”;
- Lindsey Stirling — “Carol of the Bells”;
- Michael Jackson — “Human Nature”.
Katta musiqiy favvora soat 18:30, 19:30, 20:30 va 21:30 da ishga tushiriladi.
Mushakbozlik shoulari juma va shanba kunlari soat 21:00 da namoyish etiladi.
Jenisbek Piyazovning "Yonimda boʻlgin" nomli yangi qoʻshigʻi premyera qilindi
Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, opera xonandasi Jenisbek Piyazov “Yonimda bo‘lgin” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi.