Amir Temur tavalludi munosabati bilan bezatilgan maxsus metro poyezdi ishga tushirildi. Foto

Bugun, 9-aprel — Amir Temur, Temuriylar saltanati asoschisi va buyuk turkiy hukmdorning tavallud kuni munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi hamda Toshkent metropoliteni hamkorligida “Metro 2” targ‘ibot loyihasi ishga tushirildi.

Loyiha doirasida Toshkent metropolitenining “Chilonzor” yo‘nalishi bo‘ylab sohibqiron Amir Temur va boshqa turkiy allomalar siymosi tushirilgan maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, metro vagonlari Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa”, “UzChess”, “Ibrat farzandlari” kabi yirik loyihalari vizuallari bilan bezatilib, keng qamrovli targ‘ibot dasturi boshlangan.

Tasvirlarda turkiy xalqlar taraqqiyoti va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Alisher Navoiy, Uvaysiy, Abu Ali ibn Sino, Al Beruniy, Al Fargʻoniy hamda Kamoliddin Behzod kabi buyuk siymolar o‘rin olgan.

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan maxsus metro poyezdi qatnaydi
9-aprel — Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Toshkent metropolitenining “Chilonzor” yo‘nalishi bo‘ylab Amir Temur siymosi aks ettirilgan maxsus metro poyezdi harakatga tushiriladi.
Metroda yoshlar tashabbuslariga bag‘ishlangan kreativ poyezd ishga tushirildi
Toshkent metropoliteni poyezdining har bir vagoni yorqin bezatilgan bo‘lib, yoshlar uchun muhim bo‘lgan zamonaviy yo‘nalishlar haqida o‘ziga xos tarzda hikoya qiladi.