Alanga Stars Challenge 2026 iste'dodlar tanlovi boshlandi

E’lon qilingan sana· 128
Alanga Stars Challenge 2026 iste'dodlar tanlovi boshlandi

Alanga Stars Challenge 2026 onlayn iste’dodlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Unda 5 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etish bepul va oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi — arizani dunyoning istalgan nuqtasidan topshirish mumkin.

Tanlovda qatnashish uchun:

  • o‘z iste’dodingizni namoyish etuvchi (raqs, vokal, aktyorlik va boshqa yo‘nalishlar) 15−60 soniyalik video suratga olish;
  • uni TikTok yoki Reels platformasiga joylash;
  • #alangastars2026 xeshtegini qo‘shish;
  • @alanga_fest akkauntini belgilash talab qilinadi.

Mukofotlar:

  • Alanga Fest 2027 festivali elchisi (ambassadori) unvoni;
  • aktyor Kirk Baltzdan (Kventin Tarantino bilan ishlagan) master-klass;
  • 26-aprel kuni Magic City Park’da bo‘lib o‘tadigan grand-final sahnasida chiqish qilish imkoniyati.

Shuningdek, festival asoschisi Milana Zingerman tomonidan mentorlik dasturi ham taqdim etiladi.

Barcha ishtirokchilar raqamli sertifikatlarga ega bo‘ladilar, eng yaxshi videolar esa tashkilotchilar sahifasining storislarida e’lon qilinadi.

Videolarni 2026-yil 21-aprelga qadar joylash mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling