Toshkentda 2026-yilgi moto-mavsum ochilishi va moto-turistlarning 22-sleyti bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 481
Toshkentda 2026-yilgi moto-mavsum ochilishi va moto-turistlarning 22-sleyti bo‘lib o‘tadi

18-aprel kuni Toshkentda 2026-yilgi motosikl mavsumining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tadi. Dasturdan bayram motokolonnasining shahar bo‘ylab sayohati, motopoygalar, baykerlar va boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlarning uchrashuvlari, shuningdek, mototuristlarning 22-sleyti o‘rin olgan.

Ishtirokchilar Cho‘ponota ko‘chasidagi “Milliy” (“Bunyodkor”) stadioni oldidagi avtoturargohda soat 10:00 dan yig‘ilishi rejalashtirilgan.

Tadbir shahar va Chilonzor hokimliklari, shuningdek, Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi koʻmagida oʻtkaziladi. Tashkilotchi — bu yil oʻzining 19 yilligini nishonlayotgan Steel Scorpions mototsikl klubi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling