O‘zbekistonda xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 427
O‘zbekistonda xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tadi

20−24-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali tashkil etiladi. Festival doirasida mahalliy va xorijiy ijodkorlar ishtirokida ko‘rgazmalar, moda namoyishlari, mahorat darslari hamda ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Fransiya va boshqa davlatlardan kelgan vakillar qatnashadi. Jumladan, Janubiy Koreyaning Keimyung universiteti talabalari, Xitoyning tasviriy san’at institutlari hamda Lanchjou universiteti o‘z asarlarini taqdim etadi. Turkiyalik rassom Burju Gyunay zamonaviy san’at yo‘nalishidagi kartinalarini namoyish etsa, fransiyalik fotograf Erik Gurlan Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan fotoloyihasini taqdim etadi.

Festival doirasida TURKSOY tashkiloti ijodkorlari XXVI uchrashuvini o‘tkazib, xalqaro ko‘rgazma ochadi.

Tadbirlar Toshkent shahridagi sakkizta maydonda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘lib o‘tadi. Festival O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Festival dasturi:

20-aprel — 1-kun (O‘zbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi kuni)

11:00 — da festivalning ochilish marosimi

  • Keimyung universiteti (Janubiy Koreya) professor va talabalari loyihasi;
  • Xubey tasviriy san’at instituti (Xitoy) “Ipak yo‘li san’ati” ko‘rgazmasi;
  • Lanchjou universiteti (Xitoy) ko‘rgazmasi — 2026.

12:00 — Nukus, I. V. Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi

  • Xurshid Ziyaxanovning “Sharqona kubizm” shaxsiy ko‘rgazmasi;

15:30 — Markaziy ko‘rgazmalar zali

  • TMI “Kimyo” universiteti talabalarining zamonaviy va an’anaviy liboslar namoyishi;

16:00 — Toshkent fotosuratlar uyi

  • Burju Gyunay (Turkiya) “Bahor marosimlari” ko‘rgazmasi.

17:00 — Ikuo Xirayama nomidagi xalqaro karvon-saroy

  • TDTU (Islom Karimov nomidagi) sanoat dizayni ko‘rgazmasi.

21-aprel — 2-kun (Respublika dizayn maktabi kuni)

10:00 — Ikuo Xirayama karvon-saroyi

  • Erik Gurlan (Fransiya) “Orol dengizi: xotira va go‘zallik” fotoko‘rgazmasi.

11:00 — Markaziy ko‘rgazmalar zali

  • Dizayn maktabi o‘quvchilari liboslar namoyishi.

12:00 — Toshkent fotosuratlar uyi

  • “Rossiya va O‘zbekiston madaniyatlari muloqoti” ko‘rgazmasi.

14:00 —Toshkent fotosuratlar uyi

  • “Vista-Artista” mahorat darsi (Shahribon Dilmurodova, Hadicha Bozorova).

15:00 — O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi (NBU)

  • “Turkiy dunyo: rang-baranglikdagi yagona ruh” xalqaro ko‘rgazmasi (TURKSOY).

17:00 — Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi

  • “Qahramonlar yo‘li” monumental ansambli fotoko‘rgazmasi (K. Brankushi xotirasiga).

22-aprel;

10:00 —Markaziy ko‘rgazmalar zali

  • Yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha mahorat darsi (Murod Rasulov).

10:30 — Badiiy akademiya galereyasi

  • “San'at va madaniyat” II xalqaro tanlov ko‘rgazmasi ochilishi.

10:30 — Rassomlar uyushmasi konferensiya zali

  • “Emotsiyalar va sun’iy intellekt” ilmiy-amaliy konferensiyasi.

11:00 — Markaziy ko‘rgazmalar zali

  • Rassom Umar Rajabov mahorat darsi

12:00 — Markaziy ko‘rgazmalar zali

  • Tempera texnikasi bo‘yicha mahorat darsi (Evgeniy Pak)

12:30 — Toshkent fotosuratlar uyi

  • Burju Gyunay bilan ijodiy uchrashuv.

13:30 — Toshkent fotosuratlar uyi

  • Rossiyalik rassomlar (Tatyana Babushkina, Irina Kovalenko) mahorat darsi

15:00 — Markaziy ko‘rgazmalar zali

  • Keimyung universiteti taqdimoti va mahorat darsi

15:00 — Marina Borodina “Axborot ornamenti” mahorat darsi

15:30 — Respublika dizayn maktabi

  • “Kamoliddin Behzod izdoshlari” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash.

23-aprel — 4-kun (P. Benkov nomidagi maktab kuni)

11:00 — Markaziy ko‘rgazmalar zali

  • Tarixiy liboslar namoyishi

15:00 — Milliy rassomlik va dizayn instituti (Behzod nomidagi)

  • “Sinergiya. Moda va san’at” liboslar ko‘rgazmasi

24-aprel — 5-kun (San'at maktab-internati kuni)

10:00 — O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi

  • TURKSOY ko‘rgazmasi ishtirokchilari bilan uchrashuv

12:00 — Markaziy ko‘rgazmalar zali

  • Konsert dasturi

15:00 — Markaziy ko‘rgazmalar zali

  • Festival yopilish marosimi va taqdirlash

Shuningdek, festival davomida har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha Markaziy ko‘rgazmalar zali va Miniatyura san’ati muzeyi hududida mahorat darslari va talabalarning ishlari namoyishi tashkil etiladi.

Dasturda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling