Anons

"Yashil uyim" eko-festivali

E’lon qilingan sana· 331
"Yashil uyim" eko-festivali

moc hub markazida ekofaol O‘rikguli tashabbusi bilan “Yashil uyim” nomli eko-festival bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturidan sovrinli o‘yinlar, soha mutaxassislari ishtirokidagi seminar va treninglar, bolalar uchun plastik hamda qog‘ozni qayta ishlash bo‘yicha mahorat darslari, eko-mahsulotlar yarmarkasi va musiqiy kecha o‘rin olgan. Shuningdek, qogʻoz, sellofan, alyuminiy chiqindilar, ishlatilga batareykalar va yog' qabul qilish punktlari, kitob, gul va buyumlar almashish imkoni, second hand shop mavjud.

Dastur:

  • 12:00 — Ochilish/sovrinli oʻyinlar;
  • 13:00 — Saida Rashidova bilab “Qorni juda och pillaqurt” ertagi mutolaasi;
  • 14:00 — Mahorat darslari (qogʻoz, plastik, sellofan chiqindilarini qayta ishlash);
  • 16:00 — “Ilmiy-ommabop blog yuritish: nimadan boshlash kerak?” haqida maruza (Abdullajon Yusupov
    “Magnit” ilmiy-ommabop sahifasi muallifi);
  • 17:00 — “Matematika amaliyotda” Habibullayeva Zulayho matematika fani oʻqituvchisi;
  • 18:00 — “Wall E” multfilmi namoyishi.

Chipta narxi: 30 000 soʻm. Ularni ushbu havola orqali yoki tashrif chogʻida xarid qilishingiz mumkin.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling