Hafta oʻrtasida yomgʻir va momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 192
Hafta oʻrtasida yomgʻir va momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda

Tashkent shahrida 20−24-aprel kunlari uchun ob-havo ma’lumoti.

Dushanba kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, harorat +26 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa bulutli bo‘lib, +17 darajagacha pasayadi.

21-aprel kuni kunduzi bulutli ob-havo bo‘lishi va harorat +27 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi bulutli bo‘lib, +18 darajagacha tushadi.

Chorshanba kuni kunduzi ham bulutli ob-havo saqlanib, harorat +25 darajagacha yetadi. Kechasi yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, harorat +16 darajagacha pasayadi.

23-aprel kuni kunduzi momaqaldiroq bilan yomg‘ir bo‘lishi mumkin (yomg‘ir ehtimoli 70%), harorat +21 darajagacha ko‘tariladi. Keyin esa erta tongdan boshlab kuchli yomg‘ir (ehtimol 40%) kuzatilib, harorat +14 darajagacha tushadi.

Juma kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘lib, harorat +27 darajagacha ko‘tariladi. Shanbaga o‘tar kechasi esa yana o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +15 darajagacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling