Toshkentda ikkita avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi

2026-yil 27-apreldan boshlab bir nechta avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtobusning Toshkent vokzali tomon bir tomonlama harakati Qipchoq koʻchasidan Sergeli yoʻli, Obihayot koʻchalari orqali (koʻprik yoʻli orqali oʻtib, ortga burilmagan holda) oʻtadi.
Ta’kidlanishicha, bu oʻzgarish yoʻnalishlar faoliyatini muvofiqlashtirish, avtobuslarda tashish xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, 20-sonli “Ibn Sino 1-mavzesi — Gulobod ko‘chasi” avtobus yo‘nalishining harakat masofasi “Chorsu metrosi” bekatigacha uzaytirildi.
Endilikda avtobuslar Gulobod ko‘chasidan Saqichmon va Zarqaynar ko‘chalari orqali Chorsu metro bekatigacha boradi, qaytishda esa Zarqaynar, Alisher Navoiy, Beruniy hamda Laylito‘g‘on ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi.

Mazkur o‘zgarish aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va markaziy nuqtalarga yetib borishni yanada osonlashtirishga xizmat qiladi.
Avvalroq Toshkentda 4 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgartirilgani haqida xabar berilgandi.