Bu hafta Toshkentda harorat +31°C gacha iliq boʻladi

E’lon qilingan sana· 63
Bu hafta Toshkentda harorat +31°C gacha iliq boʻladi

Toshkent shahridagi 27-apreldan 1-maygacha boʻlgan ish haftasi uchun uchun ob-havo ma’lumoti.

Dushanba kuni kunduzi havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, harorat +27° gacha ko‘tariladi. Kechasi o‘zgaruvchan bulutli, +16° gacha pasayadi.

28-aprel kuni kunduzi bulutli ob-havo kuzatiladi, harorat +28° gacha ko‘tariladi. Kechasi o‘zgaruvchan bulutli, +17° gacha tushadi.

Chorshanba kuni kunduzi kam bulutli bo‘lib, harorat +30° gacha ko‘tariladi. Kechasi kam bulutli, +17° gacha pasayadi.

30-aprel kuni kunduzi kam bulutli ob-havo kuzatiladi, harorat +31° gacha yetadi. Kechasi kam bulutli, +18° gacha tushadi.

Juma kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, harorat +30° gacha ko‘tariladi. Shanbaga o‘tar kechasi esa sezilarli darajada bulutli bo‘lib, harorat +18° gacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling