inkuzart futbol mavzusida yangi graffiti chizdi
E’lon qilingan sana: · 923

Inkuzart nomi bilan tanilgan mashhur koʻcha rassomi o‘zining Instagram sahifasida yangi chizilgan graffitisi bilan boʻlishdi.
Yangi graffiti futbol, xususan, Jahon chempionati haqida boʻlib, unda muxlislar tasvirlangan. Suratda “N12 kim” deb yozilgan? Futbolda muxlislar 12-oʻyinchi deb ataladi.
inkuzart obunachilarining aniqlashicha, ushbu graffiti Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan devorga tushirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Jahon chempionatida “K” guruhida oʻynaydi. Guruhdan, shuningdek, Portugaliya, Kolumbiya va Kongo termalari oʻrin olgan. Milliy terma jamoa birinchi oʻyinni 17-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi boshlaydi.