Anons
Mazza Food & Music Fest 2026
E’lon qilingan sana: · 1 970

“O‘zekspomarkaz” avtoturargohida “Mazza Food & Music Fest 2026” festivali boʻlib oʻtadi.
2026-yilda festival kengaytirilgan dastur, yangi xedlaynerlar va boyitilgan musiqiy sahna bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
- 29-may — Moreart, Tohir Sodiqov, DJ setlari va musiqiy guruhlar;
- 30-may — IOWA, Rishat Band, Leyli (Setora), DJ va musiqiy guruhlar;
- 31-may — PIZZA guruhi, COC, DJ va musiqiy guruhlar.
Dasturdan quyidagilar o‘rin olgan:
- didjeylar va mahalliy yulduzlar chiqishlari;
- turli mamlakat oshxonalariga ega fud-kornerlar — pitsa, rollar, chiken, palov va desertlar;
- bolalar maydoni;
- piknik zonalar;
- fotozonalar va boshqa ko‘ngilochar joylar.
Chipta narxi: 89 000 soʻmdan 1 200 000 soʻmgacha.
