Statistika: Oʻzbekistonning doimiy aholisi qanchani tashkil etadi?
E’lon qilingan sana: · 208

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasining asosiy demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi.
Mamlakatning doimiy aholisi 38 382 685 kishini tashkil etdi. Shundan ayollar soni 19,1 million (49,6%), erkaklar esa 19,3 million (50,4%) ni tashkil qilmoqda.
Ma’lumotlarga koʻra, aholining 19,5 millioni (50,9%) shaharlarda yashaydi. Qishloq joylarda esa 18,8 million kishi (49,1%) istiqomat qiladi. Shunindek, 2026-yil boshidan buyon 42,3 mingta nikoh qayd etilgan boʻlib, shu davrda mobaynida 12,7 mingta nikohdan ajralish holati kuzatilgan.
Tashqi migratsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, mamlakatga ko‘chib kelganlar soni 721 kishini, ko‘chib ketganlar esa 2 277 kishini tashkil etgan.