1-maydan Toshkent metrosining “Yer usti halqa yo‘li”da harakat bir soat oldin boshlanadi

E’lon qilingan sana· 42
1-maydan Toshkent metrosining “Yer usti halqa yo‘li”da harakat bir soat oldin boshlanadi

1-maydan Toshkent metropolitenining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida metro poyezdlari harakati tongi soat 05:00 dan boshlanadi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar ertalab soat 06:00 dan 23:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining boshqa (Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod) yo‘nalishlarida poyezdlar harakati har kuni ertalab soat 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Avvalroq Yangi Toshkentda uch qavatdan iborat metro bekati qurilayotgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling