Statistika: Oʻzbekistonda 2026-yilning uch oyida qancha nikoh qayd etilgan?
E’lon qilingan sana: · 167

Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar-mart oylari davomida FHDYO organlarida 42,3 mingta nikoh qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Nikohlar soni hududlar kesimida quyidagicha qayd etilgan:
- Qashqadaryo viloyati — 4 984 ta
- Samarqand viloyati — 4 421 ta
- Surxondaryo viloyati — 3 982 ta
- Farg‘ona viloyati — 3 935 ta
- Xorazm viloyati — 3 723 ta
- Toshkent shahri — 3 676 ta
- Andijon viloyati — 3 215 ta
- Namangan viloyati — 2 897 ta
- Buxoro viloyati — 2 828 ta
- Toshkent viloyati — 2 780 ta
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 737 ta
- Jizzax viloyati — 1 338 ta
- Sirdaryo viloyati — 904 ta
- Navoiy viloyati — 881 ta