Oʻzbekistonda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushadi?
E’lon qilingan sana: · 253

Foto: Muzaffar Bobomurodov
Milliy statistika qoʻmitasi hududlarda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushishi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.
2026-yilning aprel oyi holatiga koʻra, hududlar kesimida hisoblangan qiymatlar quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston R. — 102 286 so‘m;
- Andijon viloyati — 111 241 so‘m;
- Buxoro viloyati — 113 437 so‘m;
- Jizzax viloyati — 113 635 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 116 268 so‘m;
- Navoiy viloyati — 115 300 so‘m;
- Namangan viloyati — 113 544 so‘m;
- Samarqand viloyati — 118 049 so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 115 925 so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 109 092 so‘m;
- Toshkent viloyati — 117 407 so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 120 287 so‘m;
- Xorazm viloyati — 112 024 so‘m;
- Toshkent shahri — 122 543 so‘m.
Ushbu hisob-kitoblar bir kilogramm osh tayyorlash uchun kerak boʻladigan mahsulotlar narxi hisoblangan. Bunda quyidagilar hisobga olingan:
- kungaboqar yog‘i — 0,3 l
- piyoz — 300 gr
- mol go‘shti — 700 gr
- sabzi — 1 kg
- guruch — 1 kg
- no‘xat — 100 gr
- zira — 10 gr
- osh tuzi — 20 gr
Qo‘mita yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmasligi, ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanishini qo‘shimcha qilgan.