Foto: Tashkent Flower Fest atmosferasi

E’lon qilingan sana· 1 271
Foto: Tashkent Flower Fest atmosferasi

7-may kuni Toshkentda gullar festivali start oldi.

Festival guldorchilik, landshaft dizayni va ko‘kalamzorlashtirish madaniyatini targ‘ib qilish, ekologik tarbiya, tabiatga ehtiyotkor munosabat va “yashil” shahar muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi, deya qayd etmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lumotga koʻra, festival hududida 2 million dona gul va 18 mingta butadan iborat kompozitsiyalar yaratilgan. Birinchi kunning o‘zida festivalga qariyb 30 ming kishi tashrif buyurgan.

Mehmonlarni konsert dasturlari va gullar ko‘rgazmalari kutmoqda. Tadbir 9-mayga qadar davom etadi.

Muzaffar Bobomurodov
Fotosuratchi
Muzaffar Bobomurodov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling