11-may kuni maktablarda dars boʻladi, bog‘chalarda esa dam olish kuni hisoblanadi
E’lon qilingan sana: · 556

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2026-yil 11-may kuni ta’lim muassasalari faoliyati qanday tartibda tashkil etilishi haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi farmoniga ko‘ra, 9-may — Xotira va qadrlash kuni bu yil shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 11-may — dushanbaga ko‘chirilgan.
Shunga qaramay, umumta’lim maktablarida 11-may kuni dars mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Biroq ushbu tartib boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tatbiq etilmaydi.
Davlat bogʻchalari uchun esa 11-may dam olish kuni hisoblanadi.
Shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari dam olish kunlarini o‘z ichki tartib-qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda belgilashi mumkin.