Anons

Dog Festival 2026

E’lon qilingan sana· 443
Dog Festival 2026

Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida “Alfa Dog” kinologiya klubi tomonidan “Dog Festival — 2026” va “Bahor — 2026” nomli zotdor itlar ko‘rgazmasi boʻlib oʻtadi.

Tadbir butun mintaqadagi it egalari, naslchilik bilan shug‘ullanuvchilar, kinologlar va jonivorlarni sevuvchilarni bir joyga to‘playdi. Ko‘rgazmada turli zotdagi itlarning vakillari, professional ekspertlar va ko‘plab mehmonlar qatnashadi.

Mehmonlarni quyidagilar kutmoqda:

  • chiroyli va noyob zotdagi itlar paradi;
  • “Hunting dog speciality” musobaqasi
  • “Chempionlar shousi” tanlovi;
  • maxsus musobaqalar va xizmat itlari ishtirokidagi ko‘rgazmali chiqishlar;
  • professional xendlerlar, mutaxassislar bilan suhbat.

Kirish bepul.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−519−8363, (+998) 90−958−8514.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling