Nogironligi bo‘lgan va alohida ehtiyojga ega yoshlar oʻrtasida “Abilimpiks” oʻyinlari oʻtkazildi

E’lon qilingan sana· 310
Nogironligi bo‘lgan va alohida ehtiyojga ega yoshlar oʻrtasida “Abilimpiks” oʻyinlari oʻtkazildi

“O‘zekspomarkaz” majmuasida An’anaviy III “Inson uchun” festivali doirasida nogironligi bo‘lgan va alohida ehtiyojga ega yoshlar ishtirokida “Imkoniyatlar olimpiadasi — Abilimpiks” loyihasi tashkil etildi.

Ushbu Olimpiadaning saralash bosqichida Oʻzbekistonning turli hududlaridan 1000 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etgan boʻlsa, 80 nafarga yaqin ishtirokchi final bosqichiga yo‘l oldi.

Unda ishtirokchilar 13 ta professional yo‘nalish bo‘yicha kurash olib borgan. Xususan, kashtachilik, kulolchilik, rassomchilik, qandolatchilik, fotografiya, tikuvchilik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, robototexnika, tirnoq servisi, karving, floristika, sartaroshlik hamda g‘isht terish yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, dastur davomida ishtirokchilar uchun master-klasslar, amaliy tavsiyalar va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.

Olimpiada yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar quyidagicha taqdirlandi:

  • 1-o‘rin — zamonaviy noutbuklar;
  • 2-o‘rin — planshetlar;
  • 3-o‘rin — smartfonlar topshirildi.

Shuningdek, barcha ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ma’lum qilinishicha, yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilarni 2027-yilda Finlandiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro “Abilympics” Olimpiadasiga tayyorlash bo‘yicha maxsus dasturlar yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling