Dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi kutilmoqda?

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shanba kuni Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Dam olish kunlari kechasi havo harorati +17…+22 daraja, kunduz kunlari esa +32…+37 daraja atrofida bo‘ladi. Janubiy va cho‘l hududlarda ayrim joylarda harorat +39…+41 darajagacha yetishi mumkin.
Shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarda 15−17-may kunlari qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq kuzatilishi, ayrim joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida juma va shanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 16-may kuni kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +32…+34 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni esa poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo +34…+36 darajagacha isiydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 16-may kuni esa 10−12 m/s gacha kuchayishi va ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.