Foto: Toshkentda Dog Festival 2026 ko‘rgazmasi qanday o‘tdi?

E’lon qilingan sana· 314
Foto: Toshkentda Dog Festival 2026 ko‘rgazmasi qanday o‘tdi?

Milliy kinologiya markazida 16−17-may kunlari “Alfa Dog” kinologiya klubi tomonidan “Dog Festival — 2026” va “Bahor — 2026” nomli zotdor itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmalarda turli zotdagi 150 dan ortiq itlar va ularning egalari ishtirok etdi. Itlarning chiqishlarini Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Polshadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar baholab bordi.

Ular itlarni zot standartiga mosligi va gavda tuzilishi, harakati, turishi va mushaklarining holati, tish qoplami va umumiy sog‘lig‘i, xulq-atvori kabi mezonlar bo‘yicha baholab bordi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunday ko‘rgazmalar kinologiya sohasini rivojlantirish, zotdor itlarning sifatini saqlash va to‘g‘ri parvarish qilish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tadbir nafaqat soha mutaxassislari, balki tashrif buyurgan keng jamoatchilik va yoshlar uchun ham qiziqarli bo‘ldi.

Afisha.uz tadbirdan tayyorlangan fotoreportajni taqdim etadi.

Shohruh Haydarov
Muallif va fotosuratchi
Shohruh Haydarov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Foto: Toshkentda Dog Festival 2026 ko‘rgazmasi qanday o‘tdi? — Toshkent Afishasi