Oʻzbekiston terma jamoasi JChga parvoz qiladigan samolyot taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 60
Oʻzbekiston terma jamoasi JChga parvoz qiladigan samolyot taqdim etildi

23-may kuni oʻz tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi parvoz qiladigan samalyot taqdim etildi.

Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways maxsus Boeing 787 Dreamliner samolyotini futbol mavzusida yangicha dizaynda namoyish etgan.

Uning livreyasi asosiy qahramoni — O‘zbekiston milliy terma jamoasining kuchi, jasorati va birligini ifodalovchi Oq bo‘ri bo‘lgan. Bundan tashqari, unda “Olgʻa Oʻzbekiston” yozuvini ham koʻrish mumkin.

Shuningdek, reper Shaxriyor va operachi Jenisbek Piyazov bunga atab qoʻshiq ham kuyladi.

Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston terma jamoasi Meksika, AQSh va Kanada davlatlarida boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionatida oʻz tarixida ilk bor ishtirok etadi. Fabio Kannavaro shogirdlari “K” guruhidan oʻrin olgan boʻlib, unda Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DR jamoalariga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Avvalroq Milliy jamoaning Jahon chempionati uchun Bek ismli timsoli ham e’lon qilingandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling