Qurbon hayitida Toshkentda momaqaldiroq kuzatiladi, havo +37 darajagacha isiydi

27−31 maydagi dam olish kunlari uchun Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Chorshanba kuni kunduzi momaqaldiroq boʻlishi (yomgʻir yogʻish ehtimoli 50%) va eng yuqori harorat 27 darajagacha boʻlishi kutilmoqda. Kechasi ham momaqaldiroq boʻlishi (yomgʻir yogʻish ehtimoli 40%), eng past harorat esa 18 °C gacha tushishi kutilmoqda.
28-may kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi, harorat +31° gacha ko‘tariladi. Kechasi esa kam bulutlilik kuzatiladi, harorat +18° gacha pasayadi.
Juma kuni qisman bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda, eng yuqori harorat 34 °C gacha koʻtariladi. Kechasi qisman bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda, eng past harorat esa 19° darajani tashkil qiladi.
30-may kuni kunduzi havo biroz bulutli boʻlishi, eng yuqori harorat esa 36 °C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi esa havo qisman bulutli boʻladi, eng past harorat 22 °C boʻladi.
Yakshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻladi, eng yuqori harorat 37 °C gacha koʻtariladi. Yozning birinchi kuniga oʻtar kechasi ham havo biroz bulutli boʻlishi, eng past harorat 24 °C tushishi kutilmoqda.