Toshkentdagi qo‘g‘irchoq teatri keng ko‘lamli yangilanishning birinchi bosqichidan so‘ng, 2026-yilda qanday ko‘rinishga ega bo‘ldi? Foto

Archattacka arxitektura byurosi va Imgineers ustaxonasi binoning interyerlarini yangilab, uning 1979-yildan saqlanib kelayotgan ramziy tarixiy elementlari boʻlgan fasaddagi mozaik friz va mexanik haykallardan tortib, teatr ichidagi mashhur "Ertaklar shahri" panoramasigacha ehtiyotkorlik bilan restavratsiya qildi.
1-iyun kuni, “Xalifa-Laylak “spektakli premyerasi kunida O‘zbekiston Milliy qo‘g‘irchoq teatri tomoshabinlar qarshisida yangicha qiyofada namoyon bo‘ldi. Bu yerda keng ko‘lamli rekonstruksiya va yangilanish ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi.

Modernizatsiya ishlari Archattacka arxitektura byurosi va Imgineers ustaxonasi hamkorligida amalga oshirildi. Ular ishlab chiqqan yangi interyer konsepsiyasi bino me’morchiligiga 1970-yillar oxiridayoq singdirilgan ertaknamo qasr g‘oyasini davom ettiradi.
Birinchi bosqichda nimalar qilindi?
2026-yildagi modernizatsiyaning asosiy tamoyili asl badiiy bezaklarni ehtiyotkorlik bilan saqlash va restavratsiya qilishdan iborat bo‘ldi. Arxitektorlar va restavratorlar teatrning muhim tarixiy elementlarini tikladilar. Bu ishlar teatr atrofi hududidan boshlandi — masalan, haykaltarosh Yuriy Kim tomonidan teatr oldidagi favvoralar uchun yaratilgan afsonaviy mavjudotlar tasviridagi keramik haykallar qayta restavratsiya qilindi.

Fasad va tashqi qismda ustalar yirik mozaik frizni yangilab, teatrning o‘ziga xos ramziga aylangan — bino kirish qismi tepasida joylashgan, Pavel Shimes tomonidan yaratilgan “chorlovchilar” (misdan yasalgan masxarabozlar) aylanasidan iborat mexanik haykaltaroshlik kompozitsiyasini restavratsiya qildilar. Mexanizm yana ishga tushirildi va haykalchalar avvalgidek aylanmoqda.

Bino ichida Adelaida Pologova tomonidan yaratilgan mashhur “Ertaklar shahri” haykaltaroshlik panoramasi, 280 o‘rinli katta tomosha zalining cho‘yan eshiklari, karnay chaluvchi musiqachilar tasvirlangan dekorativ haykallar, shuningdek, tarixiy yoritgichlarning asl shisha plafonlari restavratsiya qilindi.

Teatrni yanada rivojlantirish doirasida yosh tomoshabinlar uchun yangi ertak hikoyalari bilan toʻldirilgan tematik xonalar va interaktiv joylarni qoʻshish rejalashtirilgan.
Tarixiy ma’lumot
O‘zbekiston Milliy qo‘g‘irchoq teatri 1939-yilda tashkil etilgan. Dastlabki o‘n yilliklar davomida teatr jamoasi o‘zining maxsus binosisiz faoliyat yuritgan. 1979-yilda, teatrning 40 yilligi munosabati bilan, unga hozirgi zamonaviy bino topshirildi. Inshoot me’mor Valeriy Kuzlyanov boshchiligidagi arxitektorlar jamoasi loyihasi asosida bunyod etilgan.

2018-yilda qoʻgʻirchoq teatri. Foto: Olga Lushnikova.
Binoning ochilishi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo mamlakatlari qo‘g‘irchoq teatrlari xalqaro festivaliga bag‘ishlangan edi. Inshoot ichki hovliga ega bo‘lgan “ertaknamo qasr” sifatida loyihalashtirilgan bo‘lib, foye bo‘shliqlarida qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmalari, shuningdek, harakatlanuvchi mexanik figuralar joylashtirilgan.

2018-yilda qoʻgʻirchoq teatri. Surat: Olga Lushnikova.
2019−2020-yillarda Qo‘g‘irchoq teatri uzoq yillardan keyingi ilk yirik rekonstruksiyani boshdan kechirdi. Bu davrda binoning fasadlari va ichki xonalari keng ko‘lamda ta’mirlandi .

Teatr 2020-yilda ta’mirlanganidan keyin.

2020-yilda ta’mirlangan teatr
Oʻsha paytda teatr qanday koʻrinishga ega boʻlganini bu yerdan koʻrishingiz mumkin.
2025-yil 5-may kuni Afisha.uz saytida qoʻgʻirchoq teatri uchun onlayn chiptalar sotuvi yoʻlga qoʻyildi.

2026-yilda XX asrning ajoyib arxitekturasini zamonaviy texnik talablarga moslashtirish va shu bilan birga uning noyob tarixiy qiyofasini saqlab qolish uchun moʻljallangan keng koʻlamli modernizatsiya va ilmiy tiklashning yangi bosqichi boshlandi.
Qoʻgʻirchoq teatri chiptalari Afisha.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.