Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

E’lon qilingan sana· 190
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

Koreya Respublikasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Hyundai Rotem kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun ishlab chiqarilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” nomli yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdni belgilangan muddatlarda yetkazib berish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Toshkent-Andijon va Toshkent-Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha muhokama markazida bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishlar uchun 8 ta zamonaviy yuqori tezlikdagi elektropoyezdlarni yetkazib berishga oid texnik shartlarni yakuniy kelishish masalalari batafsil muhokama etildi.

Yakunda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish va transport infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling