Oʻzbekiston terma jamoasi Yogasana boʻyicha jahon chempionatida 25 ta medalni qoʻlga kiritdi

E’lon qilingan sana· 159
Oʻzbekiston terma jamoasi Yogasana boʻyicha jahon chempionatida 25 ta medalni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi global reytingda oltinchi oʻrinni egalladi.

O‘zbekiston Yoga Federatsiyasi terma jamoasi Hindistonning Ahmadobod shahrida (Gujarat shtati) 4−8-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan tarixdagi ilk Jahon yogasana chempionatidan muvaffaqiyat bilan qaytdi. Terma jamoa 25 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjahon hisobida 6-o‘rinni egalladi.

Mazkur chempionat sport tarixida muhim voqea bo‘ldi: yogasana ilk bor Hindiston hukumati Yoshlar ishlari va sport vazirligi ko‘magida qat’iy xalqaro musobaqa standartlari asosida baholandi. Turnirda dunyoning 79 mamlakatidan 500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston sharafini jahon chempionatida 14 nafar sportchi himoya qildi. Ulardan 10 nafari medallar bilan qaytmoqda. Jami hisobda o‘zbekistonliklar quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • 1 ta oltin medal
  • 13 ta kumush medal
  • 11 ta bronza medal

Medallar quyidagicha taqsimlandi:

  • Kamol Rahmonov — yagona mutlaq ko‘p medalli sportchi bo‘lib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
  • Alan Rahmonov — 4 ta kumush va 2 ta bronza medal sohibiga aylandi.
  • Rejep Shakirov — jamoa hisobiga 4 ta bronza medal qo‘shdi.
  • Alixon Rahmonov — 2 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan taqdirlandi.
  • Aysulu Ansatbayeva — 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
  • Dinara Axunova — 2 ta kumush medal sohibasi bo‘ldi.
  • Aliya Jumanova — 1 ta kumush va 1 ta bronza medal oldi.
  • Janiya Myrzagulova — jamoa hisobini 1 ta kumush medal bilan boyitdi.
  • Eldana Magdiyeva va Laziza Ishonqulova — har biri jamoaga bittadan bronza medal keltirdi.

Shuningdek, to‘rt nafar sportchi — Farangiz Jabborberganova, Miyasar Baymuratova, Dilfuza Kenjaboyeva va Gulchiroy Karimova ham xalqaro maydonlarda terma jamoa sharafini himoya qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling