Ertaga Oʻzbekiston MTJ oʻyini sabab davlat tashkilotlarida ish vaqti bir soat kech boshlanadi

E’lon qilingan sana· 238
Ertaga Oʻzbekiston MTJ oʻyini sabab davlat tashkilotlarida ish vaqti bir soat kech boshlanadi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma oʻyini sabab 18-iyun kuni davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10:00 da boshlanadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Guruh bosqichi 1-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston-Kolumbiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 18-iyun kuni soat 07:00 da boshlanadi.

“Prezidentimiz ertangi matchni uyda, oila davrasida, nabiralari bilan tomosha qiladilar. 18-iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10 da boshlanishini belgilab berdilar”, — dedi Sherzod Asadov.

Bundan tashqari, terma jamoa sardori Eldor Shomurodov ham bu boʻyicha murojaat yoʻllagandi.

“18-iyun kuni Oʻzbekiston uchun tarixiy kun. Shu kuni biz Kolumbiyaga qarshi ertalabgi 07:00 dan 09:00 gacha oʻyin olib boramiz. Sizlardan iltimosim shuki, shu kuni ishchilaringizga ishga kechikib kelishiga ruxsat berasiz, degan umiddamiz. Chunki ularning qoʻllab-quvvatlashi biz uchun juda ham muhim”, — dedi Shomurodov.

Ma’lumot uchun, uchrashuv “Bunyodkor” stadioni hududida katta ekranlarda translyatsiya qilinadi. Shuningdek, Toshkent shahridagi boshqa tumanlarda ham uchrashuvni katta ekranlarda tomosha qilish mumkin boʻlgan hududlar roʻyxati e’lon qilingandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling